- 6.06 MB
- 02:39
- 320 kbps
- 31.07.2026
Niqobli Odamlar MXMOUD
Текст песни:
Hayqirib men baqirsam
Ovozim hech kimsa eshitmasa
Orzuga iymonim poyandoz
Ustida shaytonlar o‘ynasa
Nafsim xuddi o‘pqon
Ko‘madi gunohlar qa’riga
Xayolda qurilgan qafasda
Otam bosgan bu izlardan izim bosib men yuraman
Menga boqqan bu ko‘zlardan to‘g‘risi hayiqib turaman
Ha men o‘sha gunohkor gunohkor banda bo‘laman
Ha men oddiy inson bir ojiz inson bo‘laman
Do‘stim yonimda qol dildan suhbatdoshing bo‘lay
Yor bo‘lgin vafodor baxt qasrin senla quray
Aka-ukam menga qalqon ularga suyanchiq bo‘lay
Duosin olib doim ota-onam xizmatida qolay
Dushman qazib tuzoq zimdan uradi pichoq to‘satdan
Kim foydalanib fursatdan kuladi ko‘rib holing kulfatda
Qarab bularning bariga ketgim kelar uzoq nariga
Qalbga alamim tamg‘alab qoldi kun niqobli odamlarga
Yuziga niqob taqib ular
Ko‘zingga qarab kulib turar
Gar baland cho‘qqida bo‘lsang
Boshingda quzg‘unday ular
Gar yiqilib yerda bo‘lsang
Niqoblar birdan o‘zgarar
Kecha seni sevganlar
Bugun ustingdan kular
Yuziga niqob taqib ular
Ko‘zingga qarab kulib turar
Gar baland cho‘qqida bo‘lsang
Boshingda quzg‘unday ular
Gar yiqilib yerda bo‘lsang
Niqoblar birdan o‘zgarar
Kecha seni sevganlar
Oyoqosti qilar
Hayqirib men baqirsam
Ovozim hech kimsa eshitmasa
Orzuga iymonim poyandoz
Ustida shaytonlar o‘ynasa
Nafsim xuddi o‘pqon
Ko‘madi gunohlar qa’riga
Xayolda qurilgan qafasda
Jim qarab turaman bariga
Hayqirib men baqirsam
Ovozim hech kimsa eshitmasa
Orzuga iymonim poyandoz
Ustida shaytonlar o‘ynasa
Nafsim xuddi o‘pqon
Ko‘madi gunohlar qa’riga
Xayolda qurilgan qafasda
Jim qarab turaman bariga